"Andijon"ga yangi hujumchi qo‘shildi. U TsSKA tarbiyalanuvchisi!

  • 13 fevral, 2024, 22:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" jamoasi selektsiya ishlarini davom ettirayotganidan xabaringiz bor. Kuni kecha bir qator yangi futbolchilar bilan rasman shartnomalar imzolangani xususida klub rasmiy sahifalari orqali e’lon qilgandi.

Tecno

Bu hali hammasi emas. Bugun jamoa safiga yangi legioner qo‘shildi. Rossiyaning TsSKA klubi tarbiyalanuvchisi – Luka Zgurskiy “Andijon”da.

Bu yil 19 yoshni qarshilaydigan futbolchi sof hujumchi hisoblanadi. U Rossiya U-21 terma jamoasi a’zosi sanaladi. Ushbu hujumchi bilan shartnoma imzolangach, bu xususida rasmiy xabar beramiz, - deya “Andijon” matbuot xizmati ma’lumot bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, bungacha "Andijon" TsSKA klubining yana bir tarbiyalanuvchisi - darvozabon Maksim Sarraf bilan shartnoma imzolagandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
14/02/2024 07:56
Хебай урнини боссин
&
Адхамжон Низомов
14/02/2024 07:51
Хебайдек Андижонни
асосий уйинчиси булсин,ундан утиб хам кетсин.