"Andijon"dan navbatdagi transfer: Rahimjon Davronov!
“Andijon” klubi selektsiya jarayonida navbatdagi transferini ajoyib darvozabon - Rahim Davronov orqali amalga oshirdi.
Mavsumni “Lokomotiv” tarkibida o‘tkazib Superligaga chiqishida katta hissa qo‘shgan posbon jamoamiz bilan kelishuvga erishdi.
Ma’lumot uchun, 1996 yiling 3 oktyabr sanasida Muborakda tavallud topgan. Faoliyatini “Mash’al”da boshlagan. So‘ngra “Buxoro”, “Navbahor”, “Turon”, “Metallurg” hamda “Lokomotiv” darvozalarini qo‘riqlagan. U joriy mavsumda “Loko” safida 23 ta o‘yin o‘tkazdi.
"Burgutlar" qishki selektsiyani faol boshlashdi va bu jarayon davom etmoqda.



Fikrlar