Andijonda professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi

  • 1 aprel, 13:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kuni kecha Andijon viloyati Izboskan tumani "Chuvama" boks zalida "Sayidov team" hamda "Akhmad boxing" promousheni bilan hamkorlikda professional boks janglari o‘tkazildi.

Tecno

Azamjonov Xusanboy 66.7 kg da debyut jangini Mo‘ydinov Hojiakbarga qarshi o‘tkazdi va 1 raunddayoq tehnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Shuningdek 61.2 kg da ringga ko‘tarilgan G‘olibov Xalilullo o‘zining 2 jangida  Komiljon Abduxoliqovdan ustun keldi.

63.5 kg da debyutant Botirjon Olimjonov 2-raundda Xasanboy Ergashevni texnik nokautga uchratdi. Muhammadali Turg‘unov prof boksdagi 3 janggida Ikromjon G‘ulomov ustidan zafar quchdi.

Shu tariqa, shiddatli kechgan bashlar o‘z nihoyasiga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!