Andijonda “Biz futbolni tanlaymiz” shiori ostida fleshmob o‘tkazildi (video)

  • 23 aprel, 2019, 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
14 aprel kuni Andijon shahridagi Registon maydonida “Biz futbolni tanlaymiz” shiori ostida fleshmob o‘tkazilgani haqida avval xabar bergandik.
 
Mazkur ommaviy tadbirda 500ga yaqin yosh futbolchilar o‘zlari tanlagan sport turining  o‘ziga xos ekanligini namoyish qildilar.  Viloyat futboli faxriylar va sport jamoatchiligi ishtirok etgan fleshmobda Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov so‘zga chiqdi.  

“Mazkur fleshmobni  o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad futbolni yosh avlod o‘rtasidagi targ‘ibotini yanada kuchaytirish, bu orqali kelajakda iqtidorli o‘yinchilar etishib chiqishini ta’minlashdan iborat”, - dedi Bekzodbek Karimov.
 
 
Shuningdek, tadbir davomida “Andijon” klubining sobiq futbolchilari Baxtiyor Hamidullaev va Lochin Solievlar yosh futbolchilarga  master-klasslar o‘tib berishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!