
"Andijon" "Vorskla"ga qarshi o‘yinda 3 ta gol o‘tkazib ham g‘alaba qozondi
Bugunning o‘zida “Andijon” klubi Turkiyada ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Oldin xabar berib o‘tganimizdek, jamoaning asosiy tarkib a’zolari Rossiyaning “Rotor” klubiga qarshi maydonga tushishdi va unda 2:2 hisobi qayd etildi. Kechki payt esa “Andijon” bosh murabbiyi Viktor Kumikov Ukrainaning “Vorskla-U21” jamoasiga qarshi o‘yinda asosan yosh o‘yinchilarga imkoniyat taqdim etdi.
“Andijon”: Xurshid Xo‘jaev, Hojiakbar Mo‘minov, Muhammadali Tursunov, Ahmadjon Anvarov, Abdurahmon Komilov, Asilbek Aysarov, Ilhom Abdug‘aniev, Ibrohim Muxtorov, Saidumar Sodiqov, Izzat Abdulhaqov, Mirjalol Mirzaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sherzod Esonov, Islom Mamatkazin, Bobur Davlatov, Ahror Inoyatov, Alisher Jo‘raboev.
Qiziqarli hamda gollarga boy o‘tgan bahsda andijonliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Izzat Abdulxakov bilan Ilhom Abdug‘aniev raqib darvozasini ikkitadan ishg‘ol qildilar. Qizig‘i, tanaffusga qadar hisob 4:0 edi. Ikkinchi bo‘limda esa “Vorskla” yoshlari 3 ta gol urdilar. Ammo Kumikov jamoasi g‘alabani saqlab qoldi.
Gollarga boy kechgan "Andijon" - "Rotor" bahsida g‘olib nomi aniqlanmadi
Fikrlar