Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi 3-liga bellashuvlarini boshlashga tayyor

  • 2 may, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Birinchilikda 22 jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
 
Har bir tumandan eng kamida bittadan futbol klubining borligi e’tiborga molik. Mazkur birinchilikda g‘olib chiqqan jamoa "V" Pro-ligasida to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Buning uchun o‘sha jamoa nafaqat Andijonda etakchi ekanligini isbotlashi, balki litsenziyalashning minimal talablariga ham javob berishi kerak. 
 
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra "Rash-Milk" jamoasi musobaqada g‘olib bo‘lgandi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi mazkur klubni imtiyozli yo‘llanma bilan "V" Pro-ligaga qo‘ygan. Ya’ni, klub 31 oktyabrga qadar stadionidagi kamchiliklarni bartaraf etishi kerak bo‘ladi. 
 
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Andijon birinchiligini kuzatib boradi. Bu kelasi mavsumda Pro-ligaga chiqishi mumkin bo‘lgan jamoalarni yaqinroq o‘rganib borish imkoniyatini beradi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!