"Andijon" Turkiyada yana bir nomdor jamoaga qarshi o‘ynaydi. Bu safargi raqib - Osiyo chempioni!

  • 19 dekabr, 2023, 00:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, “Andijon” jamoasi 2024 yilgi mavsumga tayyogarlik ko‘rish jarayonida xorij yig‘ini sifatida Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini olib borishi ko‘zda tutilgan.

Tecno

Oldindan ma’lum qilib o‘tganimizdek, “Andijon” asosan nomdor va tajribali raqiblarga qarshi o‘yinlarga urg‘u qaratmoqda va navbatdagi sparring-raqib ham aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra, “Andijon” 27 yanvar kuni Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

andijon koreya

Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi o‘ziga yarasha juda kuchli. Uzoqqa bormaylikda, shu yili Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarini eslash kifoya. Futbol musobaqasida aynan Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgandi. O‘shanda hal qiluvchi finalda Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylangan.

Ayni paytda Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasini 55 yoshli tajribali mutaxassis Sun Xon Xvang boshqarib bormoqda. Ushbu mutaxassis jamoasini chempionlik sari etakladi.

andijon koreya2

Osiyo o‘yinlari g‘olibi – Janubiy Koreya kelasi yilning 15 aprel – 3 may kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan U23 Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ular qur’aga ko‘ra, “V” guruhida Yaponiya, BAA va Xitoy termalariga qarshi o‘ynaydi.

Darvoqe, Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi 21 noyabr kuni Terri Anri boshchiligidagi Frantsiya U21 terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shuningdek, koreyaliklar safida milliy terma jamoa o‘yinchilari ham borligini ta’kidlash darkor. Hozirda Janubiy Koreya futbolining bo‘lajak yulduzlaridan biri Li Kan In PSJ safida to‘p surmoqda. Ushbu hujumkor futbolchi Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqdi. Qolaversa, olimpiya termasi safida milliy termaga nomzod bo‘lgan boshqa legionerlar ham bor. Jumladan, hujumchilar - Xyun Gyu Ox, Yang Xyun Jun hamda yarim himoyachi Keok Kyu Kvon (uchalasi) Shotlandiyaning “Seltik” tarkibida o‘ynashmoqda. AQShning “Minnisota Yunayted” tarkibida esa yarim himoyachi Sang Bin Jeong faoliyat olib bormoqda. Angliyaning “Brenford” safida himoyachi Kim Ji Su to‘p suryapti. Yana bir himoyachi Xan Beom Li esa Daniyaning “Mityulland” klubi a’zosi.

andijon koreya1

Xullas, “Andijon” klubi Antaliyada Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi va bu ham barchaning katta qiziqishiga sabab bo‘lishi shubhasiz. Oldin xabar qilib o‘tganimizdek, Rossiya premer-ligasi etakchilaridan biri TsSKA (1 fevral) va Ukraina premer-ligasi vakillari - “Chernomorets” (4 fevral) bilan “Aleksandriya” (12 fevral) jamoalariga qarshi uchrashuvlar ham o‘tkaziladi. Turkiyadagi yig‘in davomida yana qolgan raqiblar nomi ham yaqin orada aniqlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!