"Andijon" Tojikistonda yig‘in o‘tkazadi
Ayni paytda FIFA kunlari munosabati bilan Superligamizda kichik tanaffus yuzaga keldi. Xabaringiz bor, milliy terma jamoamiz 5 hamda 10 iyun kunlari jahon chempionati yo‘lida muhim uchrashuvlarini o‘tkazadi.
“Andijon” jamoasi esa 27 may kuni Superkubok o‘yinini o‘tkazganidan so‘ng qisqa muddatli xordiq chiqarmoqda. Keyingi turni 13 iyun kuni "Burgutlar" safarda “Buxoro”ga qarshi o‘tkazadi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, oraliqdagi kunlardan unumli foydalanish maqsadida jamoa a’zolari Tojikistonning Xo‘jand shahrida yig‘in o‘tkazadi.
Maksim Shatskix boshchiligidagi klub 31 may kuni Xo‘jandga jo‘nab ketadi va u erdagi mashg‘ulotlar 12 iyunga qadar davom ettiriladi. Shuningdek, u erda bitta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Fikrlar