“Andijon-SGS” — “Qo‘qon-1912” o‘yini Andijonda emas, Qo‘qonda o‘tkaziladigan bo‘ldi

  • 11 aprel, 2023, 18:03
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga 5-turidan o‘rin olgan “Andijon-SGS” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi andijonliklardan kelib tushgan so‘rovga asosan Qo‘qonda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
 
Andijondagi “Bobur arena” rasmiy uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor emasligi bois “Andijon-SGS” o‘z uy o‘yinlarini Yaypanda o‘tkazib kelayotgan edi. 14 aprel kungi bellashuv esa istisno sifatida Qo‘qonda o‘tkaziladi. Tomonlarning ikkinchi davradagi o‘zaro o‘yiniga ham mazkur shahar mezbonlik qiladi.  
 
“Andijon-SGS” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 14 aprel kuni soat 15:55 da boshlanadi.

Tecno

O‘zPFL matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
11/04/2023 20:14
Нимага энди иккала учрашув хам К,у'к,онда у'тади Яйпанда ширин газ ракибларини кабул килаётган эди ку ниа энди К,у'к,онга ёрдам бериб суперга олиб чикиш деганими ширин газга пфл иккала у'йинни ютказиб берасан деган маъно келиб чикяпди Диёрдан хар нарса кутиш мумкин