"Andijon" serbiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin

  • 4 dekabr, 20:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" klubi Superliganing yangi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda va tarkibini kuchaytirishni davom ettirmoqda.

Tecno

"Sports.uz" saytining xabariga ko‘ra, andijonliklar serbiyalik himoyachi Nemanya Chalasan bilan kelishuvga erishgan. Transfer tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Chalasanning "Elimay" klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning 31 dekabrida yakunga etadi va u erkin agent sifatida "burgutlar" bilan shartnoma imzolaydi. Ayni paytda 29 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 700 ming evro qilib belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!