"Andijon" Qirg‘izistonga boradi yoxud "Burgutlar"ni sentyabrda qanday o‘yinlar kutmoqda?

  • 4 sentabr, 2023, 17:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Andijon" klubini mazkur oyda juda qizg‘in taqvim rejasi kutmoqda. Jumladan, Mustaqillik bayramidan keyin "Andijon" U 16 qizlar jamoasi ushbu oydagi o‘yinlar ketma-ketligini boshlab berdi va qo‘qonlik qizlar darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdilar.

“Andijon” U19 jamoasi ham mashg‘ulotlarga kirishdi. 5 sentyabrdan esa asosiy jamoa a’zolari ham tayyorgarlik jarayonini boshlaydi. 4 sentyabrdan vodiylik futbolchilar Andijonda, toshkentlik o‘yinchilar Toshkentda shug‘ullanishadi va ertadan barchasi Andijonda jam bo‘ladilar. U21 jamoasi esa 6 sentyabrdan yig‘inini boshlashadi.

6 sentyabr sanasida “Andijon” U19 Andijon viloyati bolalar o‘smirlar futbol maktabining 2007 yilda tug‘ilgan jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi mo‘ljallangan. Shu bilan birga “Andijon” U19 yana bir o‘rtoqlik o‘yinini 9 sentyabr kuni “Andijon” U21 ga qarshi o‘tkazadi. Bundan tashqari, yana boshqa o‘rtoqlik o‘yinlari mo‘ljallangan.

andijon o‘yin_1

10 sentyabr sanasida esa asosiy jamoa Qirg‘izistonning Jalolobod shahriga yo‘l oladi. U erda Qirg‘iziston premer-ligasi vakili “Muras Yunayted” va “Andijon” ishtirokida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Qolaversa, u erga tashrif doirasida yaqinda ochilgan “Barselona” akademiyasi bilan tanishuv jarayoni bo‘ladi. “Muras Yunayted” va “Andijon” uchrashuvi “Kurmanbek” stadionida 16:00 ga belgilangan. Ayni paytda ushbu klubga rossiyalik Valeriy Berozovskiy bosh murabbiylik qilyapti. Jamoa sardori esa Qirg‘iziston terma jamoasi etakchilaridan biri Baxtiyor Duyshobekov. Tarkibida Ozarbayjon, Nigeriya, Rossiya, Qozog‘istondan legionerlar bor. Bu albatta o‘ziga yarasha qiziqarli o‘yin bo‘lishi tabiiy.

Yana "Andijon" jamoalarining sentyabr oyidagi o‘yinlar jadvaliga to‘xtaladigan bo‘lsak,  11 sentyabrga “Andijanka”  U16 hamda “Navbahor” U16 qizlari ishtirokida chempionat o‘yini o‘tkaziladi. Oradan ikki kun o‘tib  U19 jamoasi ham chempionat doirasida “G‘ijduvon” U19 ni qabul qiladi. 15 sentyabrga esa “Turon-W U16 va “Andijanka” U16 qizlarining o‘zaro uchrashuvi belgilangandi. Ammo mazkur bellashuv oldinroq, ya’ni, 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, 18 sentyabrga ham o‘yin rejalashtirilgan bo‘lib, "Andijanka" U16 qizlari “Toshloq” U16 bilan bellashadi.  

andijon yangi1_1

Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi asosiy jamoa chempionatning navbatdagi turiga tayyorgarlik ko‘rish davomida yuqorida to‘xtalganimizdek, Qirg‘izistonga borib keladi va mashg‘ulotlarni o‘z qarorgohida davom ettiradi. 16 sentyabrga "Andijon" yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu safar “Bobur Arena”da “Neftchi”ga qarshi nazorat o‘yini rejalashtirilgan. Shu taxlit “Burgutlar”ning bo‘lajak bahsga tayyorgarligi davom etadi. Bilasiz, jamoani vodiy derbisida “Navbahor”ga qarshi muhim o‘yini bor. Shuningdek, sentyabr oyi oxirida “Metallurg” bilan uchrashuv ham kutmoqda.

Ko‘rib turganingizdek, “Andijon” jamoasi sentyabrda juda zich grafik asosida o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!