"Andijon" "Paxtakor"ga qarshi oxirgi uchta o‘yindan beri muvaffaqiyatli o‘ynayapti

  • 1 iyun, 2024, 13:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2 iyun kuni Andijondagi “Bobur arena”da “Andijon” Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. Bu jamoalarning O‘zbekiston chempionati tarixiga to‘xtalsak, bungacha jamoalar 54 marotaba maydonda kuch sinashishgan. “Andijon”da 6, “Paxtakor”da 39 g‘alaba bor. 9 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 37\126 “Paxtakor” foydasiga.

Tecno

“Andijon” – “Paxtakor” klublarining O‘zbekiston chempionatidagi ilk o‘yini 1992 yilning 20 may kuni bo‘lib o‘tgan va mehmonlarning g‘alabasi bilan yakun topgan – 0:3.

Shuni alohida aytish kerakki, jamoalarning oxirgi uchta o‘yinidan beri “Andijon” yutqazmayapti. 2021 yilning 19 sentyabr kuni Andijondagi uchrashuvda Farhod Sohibjonovning yagona goli “Paxtakor”ni mag‘lub bo‘lishiga sabab bo‘lgan. O‘tgan yili Toshkentdagi bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan. "Burgutlar"dan Rubin Xebay gol muallifi bo‘lgan. Andijondagi o‘yinda esa Xebayning shedevr goli evaziga “Andijon” muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Barcha muxlislarni 2 iyun kuni soat 19:00 da boshlanadigan markaziy uchrashuvga taklif qilib qolamiz.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
01/06/2024 14:56
Маъмурият Рубен. Х,ЕБАЙ тугрисида хам янгилик бериб. Боринглар.Саудия биринчилигида хам голлар ураяпдими