
"Andijon" OKMK etakchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Andijon" kelasi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Rahbariyat jamoani kuchaytirish uchun jiddiy bel bog‘ladi va bir nechta Superliganing katta nomlari bilan shartnoma imzolash niyatida.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, "burgutlar" OKMK a’zosi Xurshid G‘iyosovni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istaydi. Ammo hujumkor yarim himoyachining jamoasi bilan shartnomasi 2025 yilning so‘nggiga qadar amal qiladi.
2022 yildan beri OKMK sharafini himoya qilib kelayotgan G‘iyosov yakuniga etayotgan mavsum Superligada 10 tadan ko‘proq golda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar