
Andijon MMA terma jamoasi vakillari koronavirusga qarshi kurashga qo‘shildilar
Ma’lumki, ayni vaqtda yurtimizda ham koronavirus pandemiyasiga qarshi jiddiy ishlar olib borilmoqda. Aynan shunday kunlarda xalqimiz birlashib, tavsiya etilayotgan qonun-qoidalarga rioya qilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Shu o‘rinda sportchilarimizning bu borada qilayotgan beminnat yordamlari ham tahsinga sazovordir. Jumladan, Andijon viloyati MMA terma jamoasi vakillari Andijon shahrida aholiga bepul tarzda sovun va tibbiyot niqoblarini tarqatdilar.
Fikrlar