"Andijon" matbuot xizmati: Jamshid Boltaboev bilan shartnoma imzolandi
“Andijon” matbuot xizmati navbatdagi transferni e’lon qildi!
Muxlislar mehrini qozongan yarim himoyachi Jamshid Boltaboev bilan shartnoma imzolandi. Ma’lumki, futbolchi joriy mavsumni “Neftchi”da boshladi va ikkinchi davrada “Navbahor”da to‘p surdi.
Ma’lumot uchun, Jamshid 1996 yilning 3 oktyabr sanasida Toshkentda tavallud topgan. 2014 yildan 2018 yilgacha “Paxtakor”da o‘ynagan. 2019 va 2021 yillari “So‘g‘diyona” sharafini himoya qilgan. 2022-2024 yilgi mavsumlarni esa “Navbahor”da o‘tkazgan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu yilgi chempionatda Boltaboev “Neftchi” hamda “Navbahor”da to‘p surdi. Umumiy hisobda Jamshid joriy mavsumda 27 ta uchrshuvda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatmani bajardi.
Futbolchi “Paxtakor”da ikki marta mamlakat chempionligiga ham sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Andijon" Imeda Ashortia transferini e’lon qilgandi.



Fikrlar