"Andijon" klubiga Pro liga Kubogi tantanali ravishda topshirilgan o‘yindan fotogalereya

  • 17 noyabr, 2022, 13:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" klubi pro liganing 27-turida "Xorazm"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Mazkur uchrashuvdan so‘ng taqdirlash marosimlari o‘tkazildi. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev shaxsan ishtirok etdilar.

Avvaliga "Andijon" U-19 jamoasini O‘zbekiston U-19 birinchiligida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani evaziga medallar topshirildi. So‘ngra, pro liga g‘olibligiga sazovor bo‘lgan Viktor Kumikov boshchiligidagi "Andijon" klubi a’zolariga ham medallar topshirildi. Oxirida esa viloyat hokimi va O‘zPFL bosh direktori jamoa sardori Ildar Mamatkazinga Kubokni tantanali ravishda topshirdi.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!