"Andijon" klubi futbolchisi jiddiy mojaroga aralashdi

  • 14 avgust, 2024, 14:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Supeliganing 15-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda bir-biridan qiziqarli  bellashuvlar bilan bir qatorda noxush bir vaziyat ham vujudga keldi. "Andijon" klubi futbolchisi Marlen Chobanov mazkur voqeaning bosh antiqaxramoniga aylandi. O‘tgan yakshanba kuni "Bunyodkor" stadionida bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor" va "Andijon" klublari o‘rtasidagi bahsda futbolchi va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga chiqdi. Tashkilotning matbuot xizmati mazkur xolat bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi. 

Tecno

"Joriy yilning 11 avgust kuni Chilonzor tumani Bunyodkor stadionida "Bunyodkor-Andijon" jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Andijon futbol klubi a’zosi Marlen Ch. stadionning VIP bo‘limida o‘yinni tomosha qilgan. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, soat 22:05 da futbolchi VIP bo‘limi orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega bo‘lmagan fuqarodan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qaerga ketayotganligini, chiqish uchun boshqa yo‘lakdan foydalanishi zarurligini aytgan. Ammo fuqaro Marlen Ch. harbiy xizmatchining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Hurmatli futbol muxlislari, o‘yin davomida Sizlardan, Milliy gvardiya va Ichki ishlar xodimlari hamda stadion ma’muriyati talablarini bajarishingizni so‘rab qolamiz. Faqat shundagina sizning xavfsizligingiz ta’minlanishi mumkin" -
deya yozdi tashkilot mashkilot. 

Eslatib o‘tamiz, "Bunyodkor" - "Andijon bellashuvi mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
15/08/2024 10:33
"... ... шундагина сизнинг хавфсизлигингиз таъминланиши мумкин" - дея ёзди ташкилот машкилот.