
"Andijon" ketma-ket 4 o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi
O‘zbekiston kubogi 2-turi doirasida "Andijon" safarda "Lochin" bilan kuch sinashdi. Ushbu o‘yinda kutilmaganda "burgutlar" raqibiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Xomyakov shogirdlari ketma-ket 4 uchrashuvdan buyon mag‘lub bo‘lmoqda. Ular so‘nggi marotaba "Paxtakor"ni 3:2 hisobida taslim etgandi. Shundan so‘ng jamoa "Surxon" (2:3), "Dinamo" (1:2), "So‘g‘diyona" (0:1) va "Lochin" (1:2) kabi klublarga mag‘lub bo‘ldi.
Kelgusi turda ularni Superliga doirasida OKMKga qarshi safar o‘yini kutib turibdi.
Fikrlar