
"Andijon" ikki nafar etakchisi bilan xayrlashdi
“Andijon” matbuot xizmati bugun jamoaning ikki nafar futbolchisi – Ildar Mamatkazin bilan Vladimir Bubanya rasman klubni tark etishganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Bubanya “Andijon”da uch yil davomida to‘p surdi. U shu vaqt mobaynida 77 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli pasni amalga oshirdi.
Ildar Mamatkazin esa faoliyatining katta qismini “Andijon” uchun bag‘ishladi. Katta futbolga aynan “Andijon”da kirib kelgan va futbolchi sifatida ilk qadamlarini “Burgutlar”da qadam bosdi. U jamoa safida hammasi bo‘lib, 132 ta o‘yinda maydonga tushgan va 15 ta gol urgan. Shuningdek, golli paslarni hama amalga oshirgan.
“Andijon” klubi hamda uning muxlislari jamoamizni shu paytgacha tark etgan futbolchilarni va shu jumladan Bubanya hamda Mamatkazinning qilgan xizmatlarini hech qachon unutmaydi. Klub mazkur o‘yinchilar bilan birga yorqin g‘alabalarni birga nishonladi. Ularning keyingi faoliyatiga muvaffaqiya tilab qolamiz”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Fikrlar