"Andijon" futbolchisi: "To‘pga ilk teginishimdayoq gol uraman deb kutmagandim"

  • 18 noyabr, 2022, 23:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” hamda “Xorazm” (3:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda oxirgi gol iqtidorli hujumchi Malikshoh Rasulovning hisobiga yozildi. U qo‘shimcha daqiqada zaxiradan maydonga tushiboq gol urdi. Futbolchi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Zaxiradan maydonga tushiboq to‘pga birinchi teginishingizda chiroyli gol urdingiz. Buni o‘zingiz ham kutmagandingizmi?

- Zaxiradan maydonga tushayotganimda gol urishga niyatim bor edi. Lekin, to‘g‘ri, to‘pga ilk teginishimdayoq gol uraman deb kutmagandim.

- Bosh murabbiy Viktor Kumikov sizga qanday ko‘rsatma bergandi?

- Jamoaga yordam berishimni va imkoniyat bo‘lishi bilan foydalanishimni tushuntirdi.

- O‘yindagi va o‘yindan keyingi muhit haqida fikringiz qanday?

- O‘yinga yaxshi qo‘shildim, deb o‘ylayman. O‘yindan keyingi muhit biz kutganimizdan ham ko‘ra zo‘r bo‘ldi. Bunday vaziyatlarni, bunday onlarni biz mavsum davomida mehnat qilib kutgandik.

- Pro liga Kubogini ko‘targaningizda nimani his qildingiz?

- Bilasizmi, Kubokni ko‘targanimda hayotimdagi eng baxtli onlar edi. Muxlislarimizga bizni zo‘r tarzda qo‘llab-quvvatlagani uchun katta rahmat. Shuningdek, klub rahbariyatiga va jamoadoshlarimdan ham minnatdorman.

- Golingizni Mbappe uslubida nishonladingiz. U kumiringizmi?

- Hayolimga golni shunaqa nishonlash keldi.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!