"Andijon" futbolchisi: "Menga "signal" bo‘ldi"

  • 3 may, 2022, 15:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasi “Turon” maydonida mardonavor kurashdi va irodali tarzda g‘alaba qozondi. Chunki “Burgutlar” maydonda 10 kishi bo‘lib qolishganiga qaramay, yakunda qimmatli g‘alabani ilib ketdi.

Tecno

O‘yinning 70-daqiqasida Muhammadkarim Toirovning chetlatilishi sababli andijonliklar juda qiyin havolga tushib qoldi. Ammo shunga qaramay, futbolchilar katta jasorat ko‘rsatishdi.

Jamoadoshlarini murakkab vaziyatga solib qo‘ygan o‘yinchi g‘alaba bilan tugagan bahs xususida shunday dedi:

- Avvalambor, Andijondan kelib bizga kuch-quvvat berib turishgani uchun barcha ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Maydonda ikkala jamoa ham kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Xudo omadimizni berdi va biz g‘alaba qozondik. Shu o‘rinda aytmoqchimanki, jamoamni qiyin ahvolga tushirib qo‘yganim uchun barchadan uzr so‘rayman. Baribir Xudoni aytgani bo‘ladi, shukurki, biz g‘alaba qozondik. Keyingi uchrashuvlarda bundan-da, chiroyli o‘yinlar ko‘rsatib muxlislarimizni xursand qilishda davom etamiz.

- Qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatda o‘zi nima bo‘ldi? Hakam to‘g‘ri ko‘rsatdimi?

- Birinchi vaziyatga kelsak, o‘yin boshidanoq hakam birinchi qo‘pollik uchun sariq kartochka ko‘rsatib yubordi. Bunday bo‘lishi mumkin emas. Qoida buzildimi, hakam avvaliga og‘zaki ogohlantirib qo‘yishi kerak edi. Ammo u bunday qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sariq kartochkani ko‘rsatdi, nimaga bunday qildi, bilmadim. Ikkinchi holatga kelsak, to‘g‘ri ulgurmay qoldim, ammo aslida sariq kartochkaga ham u qadar tortmasdi.

toirov1

- Maydondan chetlatilganingizdan keyin nimalarni o‘yladingiz?

- Jamoamizni qiyin vaziyatga solib qo‘ydim, bu mening aybim, tan olaman. Lekin jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular maydonda shunchalik borini berib kurashishdi.

toirov3

- “Andijon” oxirgi daqiqada gol urib yutib ketdi. Holbuki, durang qayd etilayotgandi. So‘nggi daqiqada g‘alaba goli urilishini kutganmidingiz?

- “Turon” hisobni tenglashtirganida ahvolim yanada qiyinlashib qoldi. Chunki jamoam og‘ir ahvolda qolgani va yordam bera olmayotganim uchun ich-ichimdan siqilib o‘tirdim. O‘zimni nihoyatda noqulay his qildim. Ammo Alloh kuch-quvvat berdi va jamoadoshlarim ikkinchi golni urishdi. Yana bir bor jamoamdagilarga katta rahmat. Bu holat menga “signal” bo‘ldi. Keyingi safar endi o‘ylanibroq, ehtiyotkor bo‘lib harakat qilaman. Jamoadoshlarimni bunday qiyin ahvolga solib qo‘ymoqchi emasman. Bilasizmi, jamoamiz gol urishini kutayotgandim va buning uchun Xudodan so‘rayotgandim. Echinish xonasida o‘tirgandim, hisob 1:1 va men juda tushkun ahvolda edim. Ammo umid qilishni to‘xtatmadik. Allohga behisob shukr, yakunda biz g‘olib chiqdik.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!