"Andijon" endi duranglar girdobidami yoxud kuchlar teng kelgan o‘yin haqida

  • 25 may, 2024, 02:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentdagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan “Olimpik” – “Andijon” to‘qnashuvida Andijondan kelgan minglab futbol ishqibozlari stadionda jo‘r bo‘lib jamoamni juda faol qo‘llab-quvvatladilar. Ular kutilgan faollikni yana ko‘rsata oldilar. Taniqli bokschi Hasanboy Do‘stmatov ham andijonlik ishqibozlar bilan birgalikda jamoani olqishlab turdi.  

Tecno

O‘yin ikkala jamoaning ehtiyotkorligi bilan boshlandi. Himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatish ustivor vazifa edi. Buni qayd etilgan 0:0 hisobidan bilsa ham bo‘ladi. Chunki jamoalar mudofaa chizig‘ida ortiqcha xatoga yo‘l qo‘ymadilar. Bu esa ularni chindan ham himoyada mustaham o‘ynaganini bildiradi.

Albatta, gol urish imkoniyatlari bo‘ldi. “Andijon” bunga yaqinroq edi. Ilhom Abdug‘aniev, Farhod Sohibjonov kabi futbolchilarning jarima maydoni ichidagi zarbalariga aniqlik etishmadi. Ayrim vaziyatlarda “Olimpik”dan ham omad yuz o‘girdi. Umuman, futbolchilar maydonda har bir to‘p uchun jiddiy kurash olib bordilar. Lekin gol urish hech kimga nasib qilmadi.

Shu tariqa, “Andijon” ketma-ket oxirgi uchta turda durang natija qayd etmoqda. Endi navbatdagi bahs 2 iyun kuni Andijondagi “Bobur arena”da “Paxtakor” jamoasiga qarshi o‘tadi. 

“Olimpik” – “Andijon” – 0:0.

24 may. Toshkent. “JAR” stadioni. 1533 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Rishat Nugmonov, Daniil Yattsenko

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Kristina Sereda

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Shoxruh Said

“Olimpik”: Edem Nemanov, Saidazamat Mirsaidov, Shaxzod Toirov (Bexruz Jumatov, 73), Ibrohim Ibragimov (Muhsin Bozorov, 83), Nodir Abdixalikov (Muhammadaziz Ibrohimov, 73), Farruh Muxtorov (Asad Jo‘raboev, 46), Axmadullo Muqimjonov (Jaloliddin Sodiqov, 90), Asadbek Rahimjonov, Abdurauf Bo‘riev,  Otabek Jo‘raqo‘ziev, Alisher Odilov.

“Andijon”: Igor Litovka, Abduvohid G‘ulomov, Vladimir Bubanya, Islom Mamatkazin, Sardor Azimov, Farhod Bekmuratov (Farhod Bekmuratov, 75), Muhammadkarim Toirov (Sherzod Esanov, 75), Ilhom Abdug‘aniev, Bektemir Abdumannonov, Farhod Sohibjonov, Shaxrom Samiev (Luka Zgurskiy, 75).

Ogohlantirish: Muhammadkarim Toirov, 64.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Журабой
25/05/2024 06:42
Андижон 4 марта ютолмаяпти. 4марта Х. Хамидов шархлади. Термамизни шархлаганда хам купинча юткизади.
&
УСМАНОВ МУХАММАДАМИГ
25/05/2024 04:50
АНДИЖОН ЗУР