
"Andijon" bosh direktori qur’a haqida nima deydi?
Ma’lumki, 2025 yilgi chempionat uchun qur’a tashlandi va unga ko‘ra «Andijon» yangi mavsumni safarda «Qo‘qon-1912»ga qarshi bellashuv bilan boshlaydigan bo‘ldi. Keyin esa «Nasaf»ni qabul qiladi.
Mazkur qur’a xususida «Andijon» klubi bosh direktori Elbek Samatov klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:
“Qur’a odatdagidek o‘tdi. Hech qanday ajablanarli narsa bo‘lgani yo‘q. O‘tgan yili ham aytganman, dastlabki 4-5 ta turda favoritlar bo‘lmaydi. Hammada imkoniyat teng bo‘ladi.
Mening fikrimcha, mavsum boshida har qanday jamoa bir xil saviyada bo‘ladi. Boshida «Nasaf», «Paxtakor» kabi kuchli klublarga qarshi o‘ynash bir tomondan qulay. Masalan, ikki yil oldin ham chempionatni Qarshida «Nasaf» bilan o‘yindan boshlaganmiz va g‘alaba qozonganmiz. O‘tgan yili esa safarda OKMKga qarshi o‘ynab, durang natija qayd etganmiz. Qur’a o‘zimiz kutgan darajada o‘tdi”.
Fikrlar