"Andijon" Abdullajonov bilan xayrlashdi
Yozgi selektsiya chog‘ida ayrim o‘yinchilar "Andijon"ni tark etgani xususida sizlarni boxabar qilib bordik. Bu safar yana bir futbolchi bilan o‘zaro kelishuv to‘xtatildi.
Joriy mavsum boshida jamoaga taklif qilingan 28 yoshli yarim himoyachi Sunnatilla Abdullajonov “Andijon”ni tark etdi.

Ikki tomon o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildilar va futbolchi bilan do‘stona ravishda xayrlashganini ma’lum qilamiz.
"Andijon" matbuot xizmati.



Fikrlar