"Andijon" 38 yoshli hujumchisi bilan orani ochiq qildi. Transferning so‘nggi soatlarida esa ikkita kelishuvga erishdi

  • 31 iyul, 2024, 01:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” yozgi selektsiya chog‘ida yana transferlarni amalga oshirdi. Unga ko‘ra, serbiyalik chap qanot himoyachisi Lyubisha Petsel bilan shartnoma imzolandi va u rasman jamoamizning yangi a’zosiga aylandi.

Tecno
 
 
 
 
 
 

Ma’lumot uchun:

Lyubisha Petsel

Tug‘ilgan yili: 29.09.1993

Ampluasi: chap qanot himoyachisi

To‘p surgan jamoalari: “Trenbije” (Bosniya va Gertsegovina), “Banja Luka” (Bosniya va Gertsegovina), XNK (Bosniya va Gertsegovina), “Rudar” (Bosniya va Gertsegovina), “Zvezda” (Bosniya va Gertsegovina), “Chelik Zenitsa” (Bosniya va Gertsegovina), “Kolubara” (Serbiya), “Metalats” (Serbiya), “Radnichki” (Serbiya).

Lyubishaning oxirgi jamoasi Serbiya Superligasi vakili “Radnichki” jamoasi.

Bundan tashqari, transfer oynasi yopilishiga sanoqli daqiqalar qolganidan “Andijon” jamoasi yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi. Ya’ni, birinchi davrani Samarqandning “Dinamo” jamoasida o‘tkazgan iqtidorli yarim himoyachi Damir Temirov bilan kelishuvga erishildi. U mavsum oxiriga qadar “Andijon” tarkibida ijara asosida to‘p suradi. Temirov “Dinamo”da joriy mavsumda hammasi bo‘lib 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun

Damir Temirov

Tug‘ilgan sanasi: 28.07.1998

Ampluasi: Yarim himoyachi

Shu bilan birga “Andijon” yana bir futbolchi bilan xayrlashdi. 2,5 yil mobaynida klub sharafini munosib himoya qilgan tajribali hujumchi Shahboz Erkinov bilan o‘zaro kelishgan holda shartnoma bekor qilindi va do‘stona ravishda xayrlashishdi.

Erkinov “Andijon”ga 2022 yili qo‘shilgan bo‘lib, “Burgutlar”ning pro ligadan Superligaga qaytishida o‘zining katta hissasini qo‘sha oldi. Qolaversa, u jamoa tarkibida to‘purarlik salohiyatini ham namoyish etdi. Futbolchi “Andijon” libosida hammasi bo‘lib 37 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 15 ta gol urdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!