Ander Errera PSJ bilan kelishuvga erishdi

  • 2 aprel, 2019, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Ander Errera PSJ bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Daily Record nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra yozda shartnomasi yakunlanadigan 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga MYuning taklifi ma’qul kelmagan va shu sababli u Parijga ko‘chib o‘tishga rozilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Errera “Old Trafford”da qolishi uchun “qizil iblislar” rahbariyatidan yiliga 12 mln evro maosh talab qilayotgani, ammo, mankuanliklar unga 10,4 mln evro va’da qilishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Errerani 2014 yil 36 mln evro evaziga “Atletik” Bilbaodan xarid qilgan edi. U joriy mavsum 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!