
Ander Errera nega PSJni tanlaganini aytdi
Ispaniyalik yarim himoyachi Ander Errera PSJ bilan shartnoma imzolagach o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“PSJ – Frantsiyadagi eng buyuk jamoa. Bu klub barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish uchun rivojlanishda davom etmoqda. Ushbu jamoa ajoyib tarixga ega va men bu erda uning yangi sahifasini yozish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman.
MYu va PSJ Chempionlar ligasida o‘ynaganida, "Old Trafford"ga tashrif buyurgan parijlik muxlislar meni hayron qoldirgan edi. Ular tinimsiz qo‘shiq kuylab, jamoasini oldinga boshlab turishdi. Bu haqiqatdan ham mening xotiramda qolgan narsa edi”, - deydi Errera.
Eslatib o‘tamiz, Errera "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamadi va PSJga safiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi. U parijliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar