
Anchelottiga qaror qabul qilishi uchun muddat belgilandi
"Real Madrid" bosh murabbiyi hisoblangan Karlo Anchelottiga jamoani tark etish yoki etmasligi bo‘yicha qaror qabul qilishi uchun muddat belgilandi.
Xabaringiz bor, so‘nggi oylarda italiyalik mutaxassisning "qirollik klubi"dagi natijalari kutilganchalik qoniqarli bo‘lmayapti. Shu bois, uning Braziliya yoki "Roma"ni boshqarishi haqidagi mish-mishlar kundan-kunga ko‘payotgan edi.
"OK Diaro" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, klub mutasaddilari Anchelottiga qaror qabul qilish uchun maygacha muhlat berdi.
Ma’lumot o‘rnida, 65 yoshli mutaxassis joriy mavsum "qaymoqranglilar" murabbiyligida 37 ta uchrashuvda, 25 ta g‘alaba erishib, 5 ta durang va 7 mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar