Anchelotti: Xames "Napoli"ga o‘tadi deb umid qilaman

  • 10 iyul, 2019, 13:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Real” va “Bavariya”dagi sobiq shogirdi Xames Rodrigesning neapolliklar safiga o‘tishiga umid qilmoqda.

Tecno

“U jamoamizga o‘tadimi, yo‘q buni bilmayman. Lekin, bunga umid qilaman. Men Xamesni yaxshi bilaman, u yarim himoyaning istalgan pozitsiyasida o‘ynay oladi. Men undan chap qanot, o‘ng qanot va yarim himoya markazida ham foydalanganman. Uning maydondagi pozitsiyasi umuman muammo bo‘lmaydi. U ko‘plab pozitsiyalarda o‘ynashga moslasha oladi”, - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan kolumbiyalik futbolchini AQShda bo‘ladigan ilk mavsumoldi yig‘iniga olib ketmadi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, uning boshqa jamoaga o‘tishi haqiqatga ancha yaqin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!