
Anchelotti: “Valverde hozirgi kunda futbol olamidagi eng yaxshi futbolchi”
“Real Madrid” mutaxassisi Karlo Anchelotti “Real Valyadolid”ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyalik bosh murabbiy navbatdagi to‘qnashuv va ba’zi bir futbolchilarning holati haqida gapirdi.
“Biz hozirda La Liga etakchisimiz. Shu sababli, yaxshi ishlashni davom ettirishimiz kerak. Ertangi to‘qnashuvda esa g‘alaba qozonishimiz juda muhimdir. Biroq, qiyin uchrashuv bo‘lishi tabiiy, sababi, raqibimiz kuchsiz emas albatta.
Kurtuaning terma jamoaga qaytishi? Agarda Tibo terma jamoaga qaytishni istasa, bizda bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi. U yangi murabbiy bilan gaplashishi kerak.
Valverdening holati haqida nimalar deysiz? Har tomonlama kuchli o‘yinchi va u jamoamda juda muhim figuradir. Urugvaylik havbek turli pozitsiyalarda o‘ynay oladi. Bu esa uning eng asosiy ustun taraflaridan biridir. Federiko hech qachon mendan qaerda o‘ynashini so‘ramaydi - bu ham uning yana bir kuchli tomoni. Shu bois, Valverde hozirda futbol olamidagi eng yaxshi o‘yinchidir.
Sebalosning harakatlarini qanday baholaysiz? So‘nggi kunlarda Dani biz uchun juda muhim edi. U o‘zining yaxshi formasini tikladi. Jamoa ispaniyalik yarim himoyachi bilan yaxshiroq o‘ynaydi. Albatta, katta o‘yinlarda ham harakat qila oladi, bunga esa hech qanday shubham yo‘q.
Jarohatdagi Tchuameni ertangi to‘qnashuvda ishtirok etishga tayyor. Kamavinga esa bir haftadan keyin qaytishini kutmoqdamiz” – dedi 65 yoshli mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, “qaymoqranglilar” Ispaniya La Ligasining 21-tur doirasida “Real Valyadolid” bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv bugun 01:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar