
Anchelotti UEFA Superkubogi o‘yini oldidan raqib haqida gapirdi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bo‘lajak UEFA Superkubogi bahsida "Los Blankos"ning "Atalanta"ga qarshi o‘yini haqida gapirdi. Uchrashuv 14 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
- Har doimgidek qiyin bo‘ladi, chunki bu mavsum boshi. Lekin biz u erga barcha qiyinchiliklarni eslab, to‘liq ishonch bilan boryapmiz. "Atalanta" munosib raqib. Sababi, ular Evropa Ligasida "Liverpul" kabi top-jamoalarni mag‘lub etib, ajoyib natijalar ko‘rsatdi. Jamoa hatto finalda ham osonlikcha g‘alaba qozona oldi. Shu bois raqibimizni juda hurmat qilamiz.
Menimcha, Atalanta Evropa Ligasi finalida "Bayer"ni osonlikcha mag‘lub etishini hech kim kutmagandi. O‘zgacha va o‘ziga xos tarzda o‘ynaydigan juda xavfli jamoa. "Bayer" "Atalanta" futbolchilari tomonidan qilingan katta sa’y-harakatlar tufayli odatdagidek o‘ynay olmadi, - deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati tashkilot saytida.
Fikrlar