
Anchelotti: "U mening maslahatlarimga muhtoj emas"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hamkasbi Xosep Gvardiolani maqtab gapirdi. Bu haqda "Marca" xabar berdi.
Anchelotti so‘nggi oylarda o‘zining yomon natijalari bilan hammaning e’tibor markazida bo‘lib turgan "Manchester Siti" murabbiyi Gvardiola haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
U mening maslahatlarimga muhtoj emas. Xosep dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. U o‘z davrining yangilik yaratuvchisi. So‘nggi natijalar u haqidagi fikrimni o‘zgartirmaydi, - dedi Italiyalik mutaxassis.
"Manchester Siti" so‘nggi 10 ta o‘yinda faqat bitta g‘alaba qozondi, ikki marta durang va etti marta mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar