
Anchelotti: "Shubhasiz bu yomon holat..."
La Liganing 19-turida bo‘lib o‘tgan "Atletik Bilbao" hamda "Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi bahsda "qaymoqranglilar" mezbonlarga mag‘lub bo‘lishdi. O‘yin natijasiga Kilian Mbappening aniq amalga oshira olmagan penaltisi ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Uchrashuvdan so‘ng "Los-Blankos"ning bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Men futbolchining salohiyatini ba’zida gol bo‘ladigan yoki bo‘lmaydigan penalti bilan baholamayman. Shubhasiz penaltini golga aylantira olmaslik yomon. Biroq, bunday holatlar davom etmasligi kerak. Hech narsa o‘zgarmaydi. Penalti tepadigan futbolchilarimiz Mbappe, Vinisius va Bellingem. Vaziyatni golga aylantira olsa futbolchining o‘ziga yaxshi - dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchining "Liverpul"ga qarshi bahsda ham 11 metrlik nuqtadan tepgan to‘pini darvozabon qaytarishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Fikrlar