
Anchelotti “Real”dan ketishi kerak bo‘lgan 4 futbolchi nomini ochiqladi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bir necha futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, italiyalik mutaxassis so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan keyin shunday fikrga kelgan.
Anchelottining “qora ro‘yxati”dan joy olgan futbolchilar quydagicha: qanot himoyachisi Alvaro Odriosola, vinger Lukas Vaskes va hujumchi Borxa Mayoral. Shuningdek, hujumchi Mariano Dias ham jamoani tark etadi. Mazkur futbolchilar mavsumoldi tayyorgarlik paytida “Real” ustozi ishonchini qozona olmagan.
Eslatib o‘tamiz, ikki haftadan so‘ng “qaymoqranglilar” Frankfurtning “Ayntraxt” klubiga qarshi Evropa Superkubogi doirasidagi bahsda maydonga tushadi. Chempionlar ligasi va Evropa ligasi g‘oliblari o‘rtasidagi uchrashuvi 10 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar