Anchelotti "Real"da qoladigan bo‘lyapti

  • 16 dekabr, 2023, 10:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tez orada jamoa bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Tecno

Ayni damda italiyalik mutaxassis ketishdan ko‘ra yangi shartnoma imzolashga yaqinroq, deb xabar beradi taniqli "Marca" nashri. Anchelotti boshqa joyda ishlashni xayoliga ham keltirmayapti, "Real" esa mavsum oxirida yangi murabbiy tayinlash haqida o‘ylamayapti. Yaqin kunlarda Florentino Peres Karlo bilan uchrashib, kelgusidagi hamkorlik shartlarini muhokama qiladi.

Anchelottining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq matbuotda kelasi yozdan italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!