Anchelotti Raboni "Everton"ga chorlamoqda

  • 6 yanvar, 2020, 19:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Everton” va “Lion” klublari davralar oralig‘ida “Yuventus” xavbeki Andrien Raboni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Bu haqda Telefoot nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ingliz klubi ham, frantsuz klubi ham 26 yoshli futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqchi. Biroq, turinliklar uni qo‘yib yuborishni istashmayapti. Raboning o‘zi esa Frantsiya terma jamoasi safida Evro-2020 da ishtirok etish uchun doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida boshqa jamoaga o‘tishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Raboni “Everton”ga shaxsan jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti taklif qilmoqda. Aytish kerakki ular PSJ safida birga faoliyat olib borishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!