
Anchelotti qaysarlik qilyapti!
Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” bu galgi musobaqa chorak finalida Londonning “Arsenal” klubiga to‘qnash kelib, undan o‘tolmadi.
Madridliklar har ikki uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchraganidan keyin bosh murabbiy Karlo Anchelottining kursisi sezilarli darajada qimirlab qoldi.
Klub rahbariyati vakillari orasida italiyalik mutaxassisni ishini topshirish masalasini ko‘rib chiqishga chaqirayotganlar ko‘payib bormoqda. Anchelottining o‘zi esa, jamoadan ketmoqchi emas.
Relevo nashrining yozishicha, 65 yoshli murabbiy joriy mavsum yakunlanganidan keyin klub rahbariyati bilan muzokara o‘tkazib, kelajagi borasida yakuniy qarorga kelishini aytmoqda.
Anchelotti klub xo‘jayinlariga bosh murabbiy masalasini ko‘targandan ko‘ra, “Real” tarkibida va ish faoliyatida jiddiy islohotlar o‘tkazish muhimroq ekanini ta’kidlayapti.
Fikrlar