
Anchelotti: "O‘zim “Real”ga qo‘ng‘iroq qildim"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubga o‘z tashabbusi bilan qayta kelganini aytdi.
– Aslida men o‘zim ularga qo‘ng‘iroq qildim. Undan oldin “Everton”da ishlayotgan paytimda ulardan futbolchi bor-yo‘qligini so‘ragan edim – natijada Xames Rodrigesni oldik. Keyingi mavsumda esa ular murabbiy izlayotganini eshitdim va shunda aytdim: “Sizlarga yaxshi murabbiy kerak" deb ular bilan bog‘landim, – dedi italiyalik mutaxassis RSI nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, italiyalik mutaxassis 2021 yildan buyon "Real"da ishlayapti. U klubni avval 2013–2015 yillarda ham boshqargan edi.
Fikrlar