
Anchelotti: "Napoli"dan ketish qarori to‘g‘ri bo‘lgandi
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Napoli" ustozligidan ketib to‘g‘ri qarorga kelgani haqida gapirib o‘tdi.
"Napoli"da yaxshi davrlarni o‘tkazdim. Ammo futbolda barchasini natija xal qiladi. "Napoli" men bilan o‘zlarining darajasida o‘yin ko‘rsata olishmadi.
U erdan ketish qarori to‘g‘ri bo‘lgan edi. Chunki bu orqali men ham, klub ham yaxshi tomonga o‘zgara boshladik. Endi esa ortda qolgan ishlarni boshqa muhokama qilmoqchi emasman.
Neapoldagi faoliyatim davomida ajoyib tajribaga ega bo‘ldim, balki yana u shaharga ta’tilga borishim mumkin", - deydi Anchelotti.
Fikrlar