
Anchelotti "Napoli" qarorgohini yopib qo‘ydi
"Napoli" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Udineze"ga qarshi o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun jamoa qarorgohini yopib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, neapolliklar kecha o‘z maydonlarida "Bolonya"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan edi. Ta’kidlash kerakki “Napoli” ketma-ket 8 ta o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmayapti. Shu bois Anchelotti bunga echim topib, jamoani g‘alabaga ruhlantirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "Udineze" - "Napoli" bahsi 7 dekabr kuni soat 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar