
Anchelotti "Napoli" bilan shartnomasini bekor qildi. U APLga qaytmoqda
Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti “Everton” klubi bosh murabbiyi bo‘lishga yaqin turibdi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Anchelottining advokati uning tezroq APL klubiga o‘tishi uchun “Napoli” bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga erishgan.
“Everton” Anchelottini shanba kuni rasman bosh murabbiy sifatida e’lon qilishi kutilmoqda. Dushanba kuni esa uning ishtirokida jurnalistlar bilan matbuot anjumani tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar