Anchelotti: Mbappe yaxshi o‘ynamadi va penaltidan foydalana olmadi

  • 28 noyabr, 2024, 10:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti "Liverpul"ni Evropadagi eng qiyin raqib, deb atadi. 

Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasining 5-turi doirasidagi o‘yinda mersisaydliklarga safarda mag‘lub bo‘ldi (0:2). 

"Qiyin o‘yin bo‘ldi, lekin biz shunday bo‘lishini bilardik. Menimcha, "Enfild"da o‘ynash ayni damda Evropada eng qiyini. Biz penaltilargacha yaxshi harakat qildik, keyin esa saviyani tushirdik. 

Birinchi bo‘limda yaxshi himoyalandik va qarshi hujumlardan foydalanishimiz mumkin edi. Jamoa menga yoqdi. Fikrimcha, biz Evropadagi eng qiyin raqibga qarshi yaxshi kurashdik. Natija adolatli. Sababi, ular g‘alabaga loyiq edi. 

Biz o‘tgan yildagi kabi EChLning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritmoqchimiz. Boshqacha variantni o‘ylay olmaymiz. 

Boshqalar kabi Mbappe ham kurashdi. Kilian u qadar yaxshi o‘ynamadi va penaltidan foydalana olmadi. Biroq biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu kabi bellashuvlarda penaltidan foydalana olmaslik futbolchini biroz xafa qiladi, lekin u oldinga harakatlanishi kerak"
, - dedi madridliklar ustozi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!