Anchelotti ko‘plab futbolchilarning holati va “Betis” haqida gapirdi

  • 1 mart, 13:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, Ispaniya La Ligasining 26-turi doirasida Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Real Madrid” “Betis” bilan bahs olib boradi. Mazkur to‘qnashuvdan avval italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida ishtirok etib, shogirdlarining holati va raqib haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Valverde jarohat olmagan va rejalashtirilgan tanaffusda ham emas. Uning kichik muammosi bor, uni hal qilish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash joiz, Federiko "Atletiko"ga qarshi o‘ynay oladi. 

Asensio hozirgi kunda yaxshi formada. Anoetada sodir bo‘lgan voqealar unga juda katta ta’sir qildi, ammo hozir u yaxshi va o‘ynashga tayyor. 

Ertaga men eng yaxshi sxemadan foydalanaman. Bo‘lajak uchrashuvda uch ochko juda muhim. Biz La Liga uchun kurashishimiz zarur. 

Sebalosning jarohati biz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Uning o‘rnini Federiko, Chuameni, Modrich yoki Kamavinga egallashi mumkin. 

Aytgancha, Raul Asensio o‘ng qanot himoyachisi sifatida juda yaxshi o‘ynay oladi. Agarda Rodrigodek o‘yinchi qanotda bo‘lsa, sizga hujumkor qanot himoyachisi kerak emas. 

Mbappe safimizga qaytib, yaxshi mashg‘ulot o‘tkazdi. Kilian ertangi bellashuvda bemalol o‘ynaydi. 

Odamlar Luka Modrich 39 yoshda bo‘lgani uchun har uch kunda o‘ynay olmaydi, deyishadi. Men bemalol ayta olaman, Modrich ketma-ket 2 ta o‘yinni muammosiz o‘tkaza oladi. U joriy mavsumda jarohat olmagan kam sonli futbolchilardan biri. Luka ajoyib, yaxshi mashq qiladi va jismoniy holati a’lo darajada. 
 
Biz Vinisiusni jamoa sardori deb tayinladik. Unga katta ma’suliyatni yukladim, Junior esa buni uddaladi. Shu bilan birga, jamoadoshlarning barchasi Vinini qo‘llab-quvvatladi. 
 
Antonining diskvalifikatsiyasi haqida hech narsa demayman. Faqatgina Bellingemga nisbatadan nohaqlik qilinganini ayta olaman. 
 
Agarda “Betis” haqida gapiradigan bo‘lsam, jamoa yaxshi formada kelmoqda. Bundan tashqari, ikki klub ham dinamika bilan bu uchrashuvga etib keldi. Shak-shubhasiz albatta, qiziq to‘qnashuv bo‘lishi aniq. 
 
So‘nggi o‘yinlarda katta rotatsiyaga qo‘l urdik, bu esa jamoaga katta yordam berdi” – dedi “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi bo‘lajak bellashuv 1 mart kuni Toshkent vaqti bilan 22:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!