Anchelotti: "Klub meni og‘ir paytlarda qo‘llab-quvvatlaydi"

  • 12 aprel, 20:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

So‘nggi ikki o‘yinda “Real” La Ligada “Valensiya”ga 1:2, Chempionlar Ligasida esa “Arsenal”ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Matbuotda Madrid klubi mavsum yakunida Karlo Anchelotti bilan xayrlashishga qaror qilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida ushbu vaziyatga munosabat bildirdi.

— “Kelajagim haqida hozir gapirishim kerak emas, chunki shartnomada hammasi aniq ko‘rsatilgan. Nima bo‘lishiga qaramay, bu haqda mavsum yakunida gaplashamiz. Klub meni har doim qo‘llab-quvvatlaydi, ayniqsa og‘ir paytlarda,” — dedi Anchelotti jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassisning shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

“Real” navbatdagi uchrashuvini yakshanba, 13 aprel kuni safarda “Alaves”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!