
Anchelotti: Italiya va Angliyada chempionlik uchun raqobatlashadigan jamoalar ko‘p emas
Karlo Anchelotti La Liga chempionli uchun kurash haqida fikr bildirdi.
"Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 24 turdan so‘ng 51 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va o‘zaro o‘yindagi g‘alaba evaziga "Real"dan oldinda bormoqda. "Atletiko" 50 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
"Ispaniyadagidek raqobatbardosh ligani topish qiyin. Ayniqsa, joriy mavsum. Italiya va Angliyada chempionlik uchun raqobatlasha oladigan jamoalar u qadar ko‘p emas.
Uch jamoa o‘rtasidagi farq atigi bir ochko. Chempionlik taqdiri so‘nggi turda hal bo‘ladi", - dedi "Real" ustozi.
Fikrlar