Anchelotti Ibragimovichning "Everton"ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Kuni kecha "Everton" klubi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan Karlo Anchelotti “irischilar”ning shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma imzolashlari mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Ibragimovich mening do‘stim hisoblanadi. Baxtimga faoliyatim davomida ko‘plab yaxshi futbolchilar bilan ishladim. Zlatan MLSdagi faoliyatini yakunladi, ammo, hozirda uning qanday rejalari borligini bilmayman. Balkim, unga qo‘ng‘iroq qilarman. Agar u “Everton”ga o‘tishni xohlasa, men bundan xursand bo‘laman”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli Ibragimovichning "Los-Andjeles Gelaksi" 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga etadi. Unga shuningdek "Milan", "Bolonya" va "Montsa" klublaridan ham qiziqishlar bor.



Fikrlar