
Anchelotti: "G‘alabaga loyiq bo‘lgan jamoaga yutqazdik"
"Real" Ispaniya chempionati doirasida shanba kuni safarda "Betis"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng Madrid klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlarini bildirdi.
"Yomon o‘yin. Dastlab hammasi yaxshi boshlandi, ammo keyinchalik o‘z darajamizni ko‘rsata olmadik. To‘p nazoratini yo‘qotdik va bizdan yaxshiroq o‘ynagan, g‘alabaga loyiq bo‘lgan jamoaga imkoniyatni boy berdik.
Chempionatda mag‘lubiyatga uchrash og‘ir zarba. Bunga javob qaytarishimiz kerak. Mavsumning bu bosqichida yutqazish juda qiyin, ammo bugun yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Ayniqsa, birinchi bo‘limda ko‘p to‘p yo‘qotdik, natijada "Betis" o‘yinga qaytib oldi." — dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Endi "Real" Chempionlar Ligasi doirasida "Atletiko" bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlik ko‘radi. Uchrashuv seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar