
Anchelotti derbida ishonchini oqlagan uch futbolchi nomini aytdi
Ispaniya chempionatining 23-turida musobaqa jadvalida dastlaki ikki pog‘onani egallab turgan “Real” va “Atletiko” o‘zaro to‘qnash keldi.
Madrid derbisida kuchlar teng keldi. Diego Simeone shogirdlari 35-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Kilian Mbappe mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi - 1:1.
Ushu bellashuvdan keyin Karlo Anchelotti o‘zida yaxshi taassurot qoldirgan uch nafar shogirdi nomini aytdi.
- Dani Sebalos har doimgidek o‘zini yuqori darajada ko‘rsata oldi. Himoya markazidan joy olgan Orelen Tchuameni hamda Raul Asensio ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, menda yaxshi taassurot qoldirdi.
Endi biz kelasi hafta seshanba kuni bo‘ladigan muhim uchrashuvga jamoani qanday qilib tiklash haqida bosh qotirishimiz kerak, - dedi Karlo Anchelotti.
Ayni paytda Ispaniya chempionatida 50 ochko bilan “Real” peshqadam bo‘lib turibdi. “Atletiko” hisobida 49 ball bor. Ularni ta’qib qilayotgan “Barselona” hozircha bir o‘yin kam o‘tkazgan holda “Atletiko”dan to‘rt ochkoga ortda qolyapti.
Fikrlar