
Anchelotti Chempionlar ligasi haqida gapirdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasining yangi formati haqida hozircha fikr bildirmasligini aytdi.
- Chempionlar ligasining yangi formati sizga yoqdimi?
- Hozircha fikr bildirmayman, chunki biz hali bu formatda o‘ynaganimiz yo‘q. Sabr qiling, bir yil ichida albatta fikr paydo bo‘ladi. Ba’zida yangi narsa juda yaxshi bo‘lishi mumkin,- deb Anchelotti so‘zlarini keltirdi Ispaniyaning AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 yilgi mavsumdan boshlab Chempionlar ligasida avvalgidek 32 emas, 36 ta jamoa ishtirok etadi.
Ilgari klublar har biri to‘rtta jamoadan iborat guruhlarga bo‘lingan edi, endi Chempionlar ligasi "Shveytsariya" deb ataluvchi tizimda ishlaydi, bu erda barcha 36 jamoa yagona turnir jadvalida joylashadi.
2024/2025 yilgi mavsum uchun UEFA Chempionlar Ligasi finali 2025 yilning 31 may kuni Myunxendagi "Allianz Arena"da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar