Anchelotti: Bu shogirdimning ketish yoki ketmasligi 2 sentyabrda hal bo‘ladi

  • 28 avgust, 2022, 14:33
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Marko Asensioning Madrid klubidagi kelajagi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, 26 yoshli ispaniyalikning keyingi taqdiriga 2 sentyabr kuni aniqlik kiritiladi.

Tecno

“Menda Asensioning kelajagi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Bilganim shuki, Marko vaziyatni o‘rganib chiqmoqda. 2 sentyabrda hammasi aniq bo‘ladi. Agar u qolsa, biz uchun muhim o‘yinchi bo‘lib qoladi va men xursand bo‘laman, chunki Asensio o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarimizga katta hissa qo‘shgan. Bu yil ham shunday bo‘lishiga ishonaman. Ammo agar u ketsa, biz hech kimni o‘z safimizga qo‘shib olmaymiz, chunki bizda zo‘r zaxira futbolchilari bor”, - dedi Anchelotti.

Joriy mavsumda Asensio madridliklarning La Liga doirasida bitta o‘yinda qatnashdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!